Все новости
Damir Urazayev xotirasiga bag'ishlangan ksilografiya ko`rgazmasi / Выставка ксилографии, посвящённая памяти Дамира Уразаева
21.01.2026
Damir Urazayev xotirasiga bag'ishlangan ksilografiya ko`rgazmasi / Выставка ксилографии, посвящённая памяти Дамира Уразаева
имя


комментарий


2026 yil 21 yanvar kuni soat 17:00da O`zbekiston Badiiy akademiyasi Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyida XMKS kollektsiyasidan: rassom Damir Urazayevning (1954-2014) xotirasiga bag`ishlangan ksilografiya ko`rgazmasining ochilishi bo`lib o`tdi.
Ko`rgazmada marhum rassomning 56ta ksilografiya ishlarida namoyish qilindi.
Damir Urazayev 1954 yil 6 noyabrda Toshkent shahrida tugʻilgan.
1976 yilda P. Benkov nomidagi Respublika rassomlik kollejini bitirgan. 1981 yil Xarkov badiiy – sanoat institutini tamomlagan.
1984 yildan O`zbekiston Badiiy Ijodkorlar uyushmasi a`zosi, “Shuhrat” medali sohibi, Xalqaro YUNESKO rassomlar federatsiyasi a’zosi, Xalqaro “Dunyo xalqlari san’ati” uyushmasining xizmat ko`rsatgan rassomi.
Bevaqt o‘lim iste’dodli va taniqli ijodkorni oramizdan olib ketdi. Rassom hozir hayot bo`lganida 72 yoshni qarshilagan bo`lar edi.
Ksilografiya san'ati bilan ko'pchilik rassomlar shug'ullanmagan.
Chunki bu san’at ijodkordan o‘ta hosil qiladi, sabr - toqat talab qiladi. Damir Urazayev shoira Zulfiya kitobiga chizgan illyustriatsiyasini shunday izohlagan edi:
"XX asrning eng birinchi ayol shoirasi Zulfiya o'zining yubileyiga bag'ishlangan, mingta nusxada chop etilgan kitobiga aynan men yaratgan kslografiyani izlaganidan juda xursand bo'lganman. Chunki bu san`at aynan shu kitob uchun mos edi. Zulfiyaga ksilografiya texnikasi ma`qul bo'ldi va mana kitobning illyustratsiyani ksilografiyada ishladim."
Zulfiya Mo`minovaning “Tomchi” deb nomlangan she`riy to`plamida Damir O`razayevning ksilografiya asarlari o`rin olgan.
Rassom rangtasvir, grafika bilan bir qatorda, ksilografiya san`ati bilan ham jiddiy shug`ullangan. Uning ishlari nafaqat respublikamiz, balki, Rossiya, Chexiya, Polsha, muzey va galereyalarida ham saqlanadi. Shu bilan birga rassomning 19ta ksilografiyasi Toshkent Davlat San’at muzeyida, 56ta ksilografiya asarlari Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyi fondida saqlanmoqda.
U jahon klassik adabiyoti namoyondalaridan Jek Londonning “Martin Iden” asariga yaratilgan hamda poytaxtimizning 2200 yilligiga chop etilgan “Toshkent haqida qoʻshiq” nomli kitoblar illyustriratsiyalari muallifi hamdir.
Rassom aylana shakldagi kichkinagina qayroqchada diametri 8-12 santimetrlik (shamshodning yoshi qariyb 800 yil) haqiqiy san`at asarini yaratadi.
Ksilografiya (ksilo va grafiya) – yog‘och gravyura – yog‘ochga ishlangan gravyuraning keng tarqalgan eng qadimiy turi. Bosma shakl (klishe) qo‘lda o‘yib paydo. Taxtaning tekisga rasm chiziladi, rasmdan bo`sh yorug'lik bilan o` rasmli sathdan 2-3 mm chuqurlashtiriladi. Bo`rtma tasvirga bo`yoq surtib nusxa ko`chiriladi. Ksilografiya usulida yangi qolip 15 ming nusxa ko`chirishga yetadi.

⭕️Ko`rgazma joriy yilning 1 fevraligacha davom etadi.

⭕️Kirish bepul.

📍Manzil: Yusuf Xos Xojib ko'chasi, 37 "A".

*********************

21 января 2026 года в 17:00 в большом выставочном зале Международного караван-сарая культуры Икуо Хираямы Академии Художеств Узбекистана состоялась церемония открытия выставки ксилографии, посвященной памяти Дамира Уразаева.
Дамир Уразаев родился 6 ноября 1954 года в Ташкенте.
В 1976 году окончил Республиканское художественное училище им. П.П. Бенькова.
В 1981 году окончил Харьковский художественно-промышленный институт.
Главный художник ташкентских издательств “Радуга” (1983–1986), “Адолат” (1996–1998), преподавал в изостудии Республиканского дворца школьников (1986–1996).
Член Союза художников (1984), Союза журналистов (1988), Международной федерации художников ЮНЕСКО (1994), Союза татарских художников Узбекистана “Иль” (1997), мастер ксилографии (в технике торцовая гравюра), акварели, рисунка тушью и пером.
Награждён медалью “Шухрат” Республики Узбекистан (2007), серебряной медалью и дипломом “Лучший художник-график” Академии художеств Узбекистана (2008).
Заслуженный художник Международной ассоциации “Искусство народов мира” (2009).
Участник международного биеннале печатной графики (1986, г. Торунь, Польша; 1987, Прага, Чехия; 1992, 1994, 1997, г. Калининград), всесоюзных выставок графики и книжной иллюстрации в Москве (1986, ежегодно с 1988 по 1991), групповых выставок художников “Иль” в г. Карлсроэ (Германия), Казани (1999).
Персональные выставки: 1981 г. (г. Харьков), 1993, 1994 гг. (г. Сочи), 1994 г. (г. Краснодар), 1985, 1996, 2001 гг. (г. Ташкент).
Произведения Дамира Уразаева находятся в Третьяковской галерее (Москва), Галерее изобразительного искусства Узбекистана, художественном фонде Международного караван-сарая культуры Икуо Хираямы, Национальном культурном центре “Казань”, Харьковском музее изобразительных искусств, в художественных галереях Нукуса, Ангрена, Ургенча, Бухары, галереях современной печатной графики в Праге, Торуни (Польша).
Дамир Уразаев является автором иллюстраций (ксилографий) к сборнику стихов поэтессы Зульфии “Капля”, к книгам “Песнь о Ташкенте”, роману Джека Лондона “Мартин Иден” и др.

В экспозиции выставки представлено 56 ксилографий автора.

⭕️Выставка продлится по 1 февраля 2026 года.

⭕️Вход свободный.

📍Адрес: г. Ташкент, ул. Юсуф Хос Ходжиба, 37 "А".

🌍 Website (http://caravanserai.uz/index.php) 💬 Facebook (https://www.facebook.com/CaravanseraiOfCulture) ✅ Telegram (https://t.me/IkuoHirayamaCaravanSerai)
Просмотров 2185    Рейтинг 2   Понравилась новость?    +1   -1    Добавить комментарий  (0)

фото

фото

фото

фото

фото

фото