2026 yilning 9 yanvar kuni soat 17:00da O`zbekiston Badiiy akademiyasi Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyining kichik ko`rgazmakar zalida “O‘zbekiston grafikasi: kecha va bugun”nomli ko‘rgazmaning ochilish marosimi bo`lib o`tdi.
Ko`rgazmada 50ga yaqin grafik asarlar namoyish qilindi.
Bugungi kunda O‘zbekiston san’ati va madaniyati jadal suratlarda rivojlanib, ko‘plab jabhalarning regeneratsiyasi kuzatilmoqda. So‘nggi yillar davomida milliy grafika sohasida ham ro‘y berayotgan sezilarli siljishlar va yangilanish jarayonini kuzatish quvonarlidir. Chunonchi, O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi tomonidan o‘tkazilayotgan grafika ko‘rgazmalari ushbu san’at turiga bo‘lgan qiziqishning ortishi, unda ijod qilayotgan rassomlarning soni ortgani va umumiy hisobda grafika turining rivoji bilan bog‘liq.
O‘zbekiston zamonaviy grafikasi bir asrlik tarixga ega bo‘lib, XX asr boshlaridan buyon shakllanib kelgan badiiy an’analar milliy grafikaning evolyutsiyasini belgilab bergan. Ushbu jarayonda asosiy omillar orasida MDH mamlakatlar rassomlarining mintaqamizga kelib, bosma va dastgohli grafika san’ati turlariga tegishli asarlar yaratishganini ta’kidlash lozim. Bundan tashqari, milliy rassomlardan bo‘lmish bir qator ijodkorlar guruhi – M.Kagarov, Q.Basharov, M.Sodiqov, A.Li va boshqalarning hissasi ham alohida ahamiyatlidir.
“O‘zbekiston grafikasi: kecha va bugun” ko‘rgazmasi tomoshabinlarni, tasviriy san’at ihlosmandlarini dastgohli va bosma grafikamiz rivojining so‘nggi 40 yillik davri bilan tanishtirar ekan, o‘zida bir necha yirik rassomlar ijodini qamrab oladi. Ekspozitsiya Ikuo Xiroyama Xalqaro karvon-saroyining kichik ko‘rgazmalar zalini egallagan. Unda 50 ga yaqin asosan estamp (bosma grafika)ning turli texnikalarida yaratilgan asarlar namoyish etilgan.
Ko‘rgazmadan joy olgan asarlar mualliflari O‘zbekiston grafikasi rivojiga katta hissa qo‘shgan ustalar, jumladan M.Kagarov, Q.Basharov, M.Sodiqov, I.Vahitov, A.Li, G.Li, L.Davats, G‘.Boymatov va hozirda Moskvada yashab ijod qilayotgan N.Pak bo‘lib, ularning barchasi Nikolay Pakning shahsiy kollektsiyasiga kiradi. Bundan tashqari, uning to‘plami keng ommaga kam tanilgan rassomlarning (masalan, D.Rahmonbekova yoki V.Antonov) asarlarini ham qamrab olgan.
N.Pakning shaxsiy kolleksiyasi O‘zbekiston grafikasining XX asr oxiri – XXI asr boshlari oralig‘ida yaratilgan asarlardan tashkil topgan bo‘lib, unda hozirgi kunda mamlakatimiz va horijiy muzeylarda saqlanayotgan noyob eksponatlarni hamda ularning estampdagi takrorlangan variantlarini namoyish etadi. Shu sabab, ko‘rgazma tomoshabinlarga O‘zbekiston hududida rivojlangan litografiya, linogravyura, monotipiya kabi murakkab bosma uslublarida yaratilgan asarlar bilan yaqindan tanishish imkoniyatini ochib beradi. Milliy grafikaning bosma texnikalari rivoji, uning badiiy an’analarini saqlash va targ‘ib etish masalalari esa madaniy merosimizning muhim vazifalaridan hisoblanadi.
O`ylaymizki, ushbu ko`rgazma har bir tomoshabinda alohida qiziqish uyg`otadi.
Ko`rgazma joriy yilning 19 yanvarigacha davom etadi.
✅Kirish bepul.
📍Manzil: Yusuf Xos Xojib ko'chasi, 37 "A".
*********************
9 января 2026 года в 17.00 в малом выставочном зале Международного караван-сарая культуры Икуо Хираямы Академии Художеств Узбекистана состоялась церемония открытия выставки “Графика Узбекистана: вчера и сегодня”.
В современном Узбекистане наблюдается стремительное развитие культуры и искусства, регенерация многих творческих сфер. На протяжении последних лет отрадно видеть ряд изменений в национальной графике и в целом процесс обновления данного вида изобразительного искусства. Стоит отметить рост интереса к графике среди молодого поколения, появление новых имен и проведение типовых выставок, а также вклад Академии художеств Узбекистана, отечественных искусствоведов/исследователей в популяризацию графики в стране.
Современная графика Узбекистана имеет богатую историю длиною в сто лет, основные ее художественные принципы начали складываться в начале ХХ века. Ключевую роль в данном историческом событии сыграли русские (советские) художники, приехавшие в наш край. Благодаря их творческому подходу и педагогической деятельности сформировалась самобытная школа станковой и печатной графики в Узбекистане. Отдельно стоит упомянуть плеяду узбекских графиков: М. Кагаров, К. Башаров, М. Садыков, И. Вахитов, А. Ли и другие стали передовыми мастерами станковой и печатной графики Узбекистана 80-90-х гг. ХХ века.
Выставка “Графика Узбекистана: вчера и сегодня” знакомит зрителей – поклонников графического искусства с развитием принципов станковой и печатной графики в стране за последние 40 лет на примере творчества нескольких художников-графиков.
В экспозиции выставки представлено около 50 работ из частной коллекции Н. Пака, выполненных в основном в техниках эстампа (печатной графики).
Авторами представленных произведений являются художники, внёсшие весомый вклад в развитие современной графики Узбекистана. Среди них – М. Кагаров, К. Башаров, М. Садыков, А. Ли, Г. Ли, Л. Даватц, Г. Байматов и Н. Пак, который в данный момент проживает в Москве. Все экспонированные работы составляют лишь малую часть собрания графики Николая Пака. Кроме именитых авторов, частная коллекция Н. Пака включает произведения малоизвестных художников-графиков Узбекистана, таких как Д. Рахмонбекова и В. Антонов.
Частная коллекция Н. Пака состоит из графических произведений художников Узбекистана конца ХХ – начала XXI века, большая часть из которой - это редкие листы музейной ценности, а также авторские повторения в эстампе. Она представляет особую ценность в понимании важных этапов развития таких видов эстампа как литография, линогравюра, монотипия, имеет информативно-просветительское значение для исследователей национальной графики. Тем самым, выставка “Графика Узбекистана: прошлое и настоящее” из частной коллекции Николая Пака вносит свой вклад в сохранение культурного наследия и пропаганду традиций национальной графики.
Куратор выставки: искусствовед Н. Ядгарова
✅Выставка продлится по 19 января 2026 года.
✅Вход свободный.
📍Адрес: г. Ташкент, ул. Юсуф Хос Ходжиба, 37 "А".
🌍 Website (http://caravanserai.uz/index.php) 💬 Facebook (https://www.facebook.com/CaravanseraiOfCulture) ✅ Telegram (https://t.me/IkuoHirayamaCaravanSerai)