Все новости
"Turkiylarning xayoliy jonzotlari" nomli ko'rgazma / Выставка "Воображаемые существа тюркских народов"
04.12.2025
"Turkiylarning xayoliy jonzotlari" nomli ko'rgazma / Выставка "Воображаемые существа тюркских народов"
имя


комментарий


2025 yilning 4-dekabr kuni soat 17:00da O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyining kichik ko’rgazmalar zalida rassom Chori Shamsning "Turkiylarning xayoliy jonzotlari" nomli ko'rgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ko`rgazmada yozuvchi Sherzod Komil Xalil kitobiga ishlangan 30dan ortiq illyustratsiyalar namoyish qilindi.
Chorshanbi Shamsiyev – 1970 yil Qashqadaryo viloyatida tug`ilgan. Avval P. Benkov nomidagi Respublika rassomlik kollejini, keyinchalik esa K. Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining bakalavr yo`nalishida “rangtasvirchi”, magistraturada “mahobatli rangtasvirchi” yo`nalishlarida tahsil olgan.
Rassom ustozlari M. Saidov, N. Qo`ziboyev, R. Xudoyberganov, Z. Faxriddinov, B. Boboyev, Ch. Bekmirovlardan saboq olgan.
2019 yildan O`zbekiston Badiiy Ijodkorlar uyushmasi a`zosi.
💬“Turkiylarning xayoliy jonzotlari” kitobi haqida qisqacha ma`lumot
“Turkiylarning xayoliy jonzotlari” kitobi xayoliy zollogiyaga oid ensiklopedik maqolalardan tashkil topgan. Jahon adabiyotidan ta`sirida yozuvchi Sherzod Komil Xalil ushbu asarni yozgan va bu kitob nashr arafasida. 2021 yilda ushbu kitob yozilgan va kitob ichiga 40ta xayoliy jonzotlar tasvirlangan. Rassom ushbu jonzotlar rasmini yaratgan. “Qora-quralar”, “Alvasti”, “Ko`k bo`ri’ kabilar turkiy xalqlarning emotsional olamida uchraydigan xayoliy jonzotlar ushbu kitobda birlashtirilgan. Har bir jonzotning ta`rifi va tasnifi kitobda keltirilgan, ko`rinishi qanday, soni nechta, oxirgi marta ularni kim ko`rgan, hozir bormi, yo`qmi, badiiy asarlarda ushbu jonzotlar qanday uchraydi, odamga zarar yetkazishi, qanday qudratga ega ekanligi yozilgan.

⭕️Ko`rgazma joriy yilning 14 dekabrigacha davom etadi.

⭕️Kirish bepul.

📌Manzil: Yusuf Xos Xojib ko'chasi, 37 "A". (https://yandex.uz/maps/10335/tashkent/?ll=69.261258%2C41.299006&mode=poi&poi%5Bpoint%5D=69.260956%2C41.299314&poi%5Buri%5D=ymapsbm1%3A%2F%2Forg%3Foid%3D110803550110&z=18)

🌍 Website (http://caravanserai.uz/index.php) 💬 Facebook (https://www.facebook.com/CaravanseraiOfCulture) ✅ Telegram (https://t.me/IkuoHirayamaCaravanSerai)

*************************************

4 декабря 2025 года в 17:00 в малом выставочном зале Международного караван-сарая культуры Икуо Хираямы Академии художеств Узбекистана, состоялась церемония открытия выставки Чори Шамса "Воображаемые существа тюркских народов".

Чори Шамс (Чоршанби Шамсиев) родился 10 апреля 1970 года в районе Камаши Кашкадарьинской области.
В 1998 году окончил Республиканский художественный колледж имени П. П. Бенькова.
В 2003 году окончил магистратуру Национального института художеств и дизайна им. К. Бекзода.
За годы учебы его учителями и наставниками были известные в Узбекистане художники-живописцы: Маннон Саидов, Неъмат Кузибаев, Рустам Худойберганов, Зайниддин Фахриддинов, Бахтиёр Бабаев, Чори Бекмиров.
В 2019 г. вступил в Творческий союз художников Узбекистана.
В экспозиции выставки представлено около 40 иллюстраций Чори Шамса к книге-бестиарию писателя Шерзода Комила Халила “Воображаемые существа тюркских народов”.
💬Книга описывает в уникальном, научно-художественном стиле происхождение каждого существа, связанные с ним верования, символические значения в образе и его место в народном устном творчестве.
Нет сомнений, что и сама книга, и иллюстрации к ней вызовут большой интерес не только для любителей мифологии, но и для ценителей истории, культуры и искусства.
⭕️Выставка продлится до 14 декабря 2025 года.

⭕️Вход свободный.

📌Адрес: г. Ташкент, ул. Юсуф Хос Ходжиба, 37 "А" (https://yandex.uz/maps/10335/tashkent/?ll=69.261258%2C41.299006&mode=poi&poi%5Bpoint%5D=69.260956%2C41.299314&poi%5Buri%5D=ymapsbm1%3A%2F%2Forg%3Foid%3D110803550110&z=18).

🌍 Website (http://caravanserai.uz/index.php) 💬 Facebook (https://www.facebook.com/CaravanseraiOfCulture) ✅ Telegram (https://t.me/IkuoHirayamaCaravanSerai)
Просмотров 440    Рейтинг 0   Понравилась новость?    +1   -1    Добавить комментарий  (0)

фото

фото

фото

фото

фото