2025 yilning 22 oktyabr kuni soat 17:00da O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyining katta ko‘rgazmalar zalida O‘zbekiston Respublikasi San’at arbobi, professor, rassom Ortiqali Qozoqovning “Ipak yo‘llarida mo‘yqalam bilan” nomli shaxsiy ko‘rgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ko‘rgazmada rassomning 50ga yaqin rangtasvir ishlari namoyish qilindi.
Ortiqali Qozoqov – 1960 yil 27 oktyabrda Namangan viloyatida tug‘ilgan.
1985 yilda M. Ostrovskiy nomidagi teatr va rassolik institutining “Rangtasvir ” bo‘limini tugatgan. Institutni tamomlagach, aspiranturada tahsil olgan.
1990 yildan boshlab O‘zbekiston Badiiy Ijodkorlar uyushmasi a’zosi.
Rassom ijodi juda sermahsul. 1985 yildan boshlab hozirgacha 80dan ortiq xalqaro va respublika ko‘rgazmalarida ishtirok etgan. Shaxsiy ko‘rgazmalari Moskva (1983), Izmir (1985), Frankfurt (1997), Nagano (2000), Qohira (2007), Ederne (2008), Milan (2011), Bormund – Angliya (2013), Inchon – Koreya (2011), Saloniki – Gretsiya (2015), Kazerta – Italiya (2015), Parij – Sansern (2017), Taype-Tayvan (2019), Nikosiya – Kipr (2019), London (2025) kabi dunyoning eng mashhur shaharlarida tashkil qilingan.
Ortiqali Qozoqovning O‘zbekiston tasviriy san’atga qo‘shgan hissasi davlatimiz tomonidan yuqori baholandi va 1998 yilda O‘zbekiston Respublikasi San’at arbobi unvoni bilan taqdirlandi.
2021 yilda esa pedagog - rassom K. Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti professori bo‘ldi.
“Ipak yo‘llarida mo‘yqalam bilan” nomli shaxsiy ko‘rgazmasida rassom keyingi yillarda Buyuk ipak yo‘liga bag‘ishlab ishlangan bir qator asarlarini namoyish qilmoqda. Milliy an’ana va qadriyatlar yorqin ranglarda tarannum etilgan bu asarlarning yaratilishiga Ipak yo‘llari bo‘ylab sayohatlari turtki bo‘lgan. Ipak yo‘llari boshlangan Xitoyning Yanchjou shahridan Misrgacha, Yevropa mamlakatlari bo‘ylab qilgan ijodiy safarlar chog‘ida ishlangan xomaki rasmlar asos qilib olingan. Jumladan, uning "Shodlik karvonlari", 2023, "Maftunkor lahzalar", 2024, "Ipak yo‘llarida o‘tmish va bugun", 2022, "Karvon yo‘llari", 2025, "Ipak yo‘llari, kecha va bugun", 2025, "Ipak yo‘llarida bunyodkorlik", 2025, "Ipak yo‘llari o‘ziga chorlar", 2023 asarlari tomoshabinni o‘ziga jalb etishi tabiiy.
Ortiqali Qozoqovning asarlari 40ga yaqin xorijiy davlatlarning shaxsiy kolleksiyalarida saqlanib keladi. Jumladan, Kipr Modern ART zamonaviy san’at galereyasi, TURKSOY bosh ofisi zahirasi, Fransiyaning sobiq prezidenti Fransua Mitteran kolleksiyasi, Singapur prezidenti qarorgohi, Angliya qiroli Karl III kolleksiyalari. Shuningdek, O‘zbekiston Davlat San’at muzeyi, Badiiy ko‘rgazmalar direksiyasi, O‘zbekiston Tasviriy san’at galereyasi, Qirg‘iziston Milliy tasviriy san’at muzeyida asarlari saqlanadi.
Rassom bir qancha Xalqaro mukofotlar, Gran pri va diplomlar sohibi. O‘zbekiston Badiiy akademiyasining “Oltin medal”i sovrindori, 2031 yilgacha SAY MO dunyo san’at assotsiatsiyasining O‘zbekistondagi elchisi, TURKSOYning 30 yilligi medali,O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligi medali sohibi. Hozirgacha ijodiy faoliyati haqida 7 ta albom va kitoblar chop etgan.
Ko‘rgazma doirasida rassomning 1983 yildan 2025 yilgacha xorijiy mamlakatlarda tashkil etilgan ko‘rgazmalari hamda ijodiy safarlari chog‘ida yaratilgan asarlarini o‘z ichiga olgan, qirqta davlatning o‘ziga xos tabiati, rassomlik san’ati, diqqatga sazovor joylari haqida ma’lumotlar bilan chop etilgan "Mo‘yqalam mo‘jizalari" kitobining taqdimoti ham o‘rin olgan. Shuningdek, rassom ijodi haqida Turkiya, Xitoyda chop etilgan gazeta, jurnal va al’bomlar ham joy olgan.
Ko‘rgazmada Turksoy tomonidan nashr etilgan turkiy xalqlar madaniyati va qadriyatlari aks ettirilgan Abay, Chingiz Aytmatov, O‘ljas Sulaymonov, Qo‘rqut otaga bag‘ishlangan al’bomlar, Xitoyning Taype shahrida an’anaviy xalqaro festivaldagi muvaffaqiyatlar hamda ko‘rgazma haqidagi al’bomlar qo‘yilgan.
Ko‘rgazma doirasida rassomning turmush o‘rtog‘i, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, “Xalq maorifi a’lochisi”, shoira Guli Nigorning oxirgi yillarda nashr etilgan "Qalbim tubidagi gavharim,' "Yomg‘irning ovozi," "Kuzgi yaproqlar simfoniyasi" kabi she’riy kitoblari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
⭕️Ko‘rgazma joriy yilning 2 noyabrigacha davom etadi.
⭕️Kirish bepul.
📍Manzil: Yusuf Xos Xojib ko'chasi, 37 "A".
🌍 Website (http://caravanserai.uz/index.php) 💬 Facebook (https://www.facebook.com/CaravanseraiOfCulture) ✅ Telegram (https://t.me/IkuoHirayamaCaravanSerai)
********************************************
22 октября 2025 года в 17:00 в большом выставочном зале Международного караван-сарая культуры Икуо Хираямы Академии Художеств Узбекистана состоялась церемония открытия выставки Заслуженного деятеля искусств, художника Ортикали Козокова под названием “С кистью по Шёлковому пути”.
Ортикали Козоков – известный художник-живописец, педагог-наставник, воспитавший целую плеяду молодых, талантливых художников.
Родился 27 октября 1960 года в Папском районе Наманганской области.
В 1985 году окончил Ташкентский Государственный театрально-художественный институт им. А. Островского (ныне Государственный институт искусств и культуры Узбекистана им. Маннона Уйгура).
В 1990 году вступил в Творческий союз художников Узбекистана.
Ортикали Козоков участник свыше 80 международных и республиканских выставок. С успехом прошли его персональные выставки в таких городах, как: Москва (Россия, 1983 г.), Вашингтон (США, 1991), Измир (Турция, 1995 г.), Франкфурт (Германия, 1997 г.) Нагано (Япония, 2000 г.), Каир (Египет, 2007 г.), Эдирне (Турция, 2008 г.), Милан (Италия, 2011 г.), Инчхон (Южная Корея, 2011 г.), Борнмут (Англия, 2013 г.), Салоники (Греция, 2015 г.), Казерта (Италия, 2015 г.), Париж (Франция, 2017 г.), Тайпей (Тайвань, 2019 г.), Никосия (Кипр, 2019 г.), Лондон (Великобритания, 2025 г.).
В 1997 за творческие успехи награжден Золотой медалью Академии художеств Узбекистана.
В 1998 году удостоен почетного звания “Заслуженный деятель искусств Республики Узбекистан”.
С 2021 года – профессор Национального института художеств и дизайна им. К. Бекзода.
Работы художника хранятся в музеях и частных коллекциях около 40 стран мира, включая Францию, Италию, Германию, Японию, Южную Корею, Грецию, Великобританию, Сингапур, Чехию, Индию, Кипр, Египет, США и др. Они также представлены в Государственном музее искусств Узбекистана, Галерее изобразительного искусства Узбекистана.
Произведения Ортикали Козокова опубликованы в газетах, журналах и альбомах, издаваемых в Турции и Китае. Также его работы, отражающие культуру и ценности тюркских народов, были опубликованы в альбомах, посвященных Абаю, Чингизу Айтматову, Олжасу Сулейманову, Коркут-ата, изданных Международной организацией ТЮРКСОЙ.
В экспозиции выставки представлено около 50 работ автора, посвященных Великому шелковому пути. На полотнах в ярких красках воспеваются национальные традиции и ценности. Стимулом к созданию этих произведений послужило путешествие по Шелковому пути. В основу были положены наброски, сделанные Ортикали Козоковым во время творческих путешествий по странам Европы от города Янчжоу в Китае, где начинался Шелковый путь, до Египта.
На церемонии открытия выставки состоялась презентация книги Ортикали Козокова “Мўйқалам мўъжизалари”, которая включает в себя работы, созданные художником во время выставок и творческих поездок в зарубежные страны с 1983 по 2025 год, и содержит информацию об уникальной природе, живописи и достопримечательностях 40 стран мира...
Также на церемонии открытия выставки состоялась презентация книг поэтессы Гули Нигор: “Қалбим тубидаги гавҳарим”, “Ёмғирнинг овози”, “Кузги япроқлар симфонияси”, изданных в последние годы.
В сборники вошли как стихи автора последних лет, так и стихи, написанные ранее. В своих стихах поэтесса затрагивает самые разные темы. Хотя боль людей и мирские проблемы волнуют её, как и всех остальных, она много пишет о вечной любви и человеческих чувствах. Тема природы часто встречается в творчестве поэтессы. О дожде написано так много стихотворений, что невозможно не проникнуться любовью к этому уникальному чуду непроизвольной природы.
Выставка продлится по 2 ноября 2025 года.
⭕️Вход свободный.
📍Адрес: г. Ташкент, ул. Юсуф Хос Ходжиба, 37 "А".
🌍 Website (http://caravanserai.uz/index.php) 💬 Facebook (https://www.facebook.com/CaravanseraiOfCulture) ✅ Telegram (https://t.me/IkuoHirayamaCaravanSerai)