Все новости
"ANDAJONIM QOLDI MENING..." nomli shaxsiy ko'rgazma / Персональная выставка "ОСТАЛСЯ АНДИЖАН МОЙ..."
09.06.2025
"ANDAJONIM QOLDI MENING..." nomli shaxsiy ko'rgazma / Персональная выставка "ОСТАЛСЯ АНДИЖАН МОЙ..."
имя


комментарий


2025 yilning 9 iyun kuni soat 16:00da O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyining katta ko’rgazmalar zalida rassom Xasan Saidovning "ANDA JONIM QOLDI MENING..." nomli shaxsiy ko'rgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ko`rgazmada rassomning 50ga yaqin rangtasvir ishlari namoyish qilindi.
Xasan Saidov -1948 yil 8 sentyabrda Qirg`iziston Respublikasi O`sh shahrida tug`ilgan.
P. Benkov nomidagi rassomlik bilim yurtida tahsil olgan. Keyin esa Ostrovskiy nomidagi Teatr va Rassomchilik institutining “Dastgohli rangtasvir” fakultetini tamomlagan.
1974 yilda institutni tamomlagach, Andijon badiiy ustaxonasiga ishga yuborildi.
1978 yildan O`zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a`zosi.
Maltadagi “Meridian Art” nomli Dunyo rassomlari klubi a`zosi.
1993 yilda bobomiz Zahiriddin Muhammad Boburning yoshlik yillari aks ettirilgan turkum asarlari uchun “Bobur” nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlangan.
Andijon viloyatida juda ko`p shaxsiy va guruh ko`rgazmalarni tashkil qilgan. Moskva shahridagi umumittifoq ko`rgazmalarida faol qatnashgan.
Rassomning ijodida asosan portret janri muhim o`rin tutadi. U o`sha davr zamonasi qahramonlari siymosini yaratadi. Jumladan, mexanizator “Reber Ennanov” portretida salobatli, oftobda toblangan mehnatkash inson qiyofasi va adirga suv chiqaradigan nasoslar tasvirlangan. Yana bir “Mexanizator” asarida belida belbog`li o`zbek yigitining qanchalar zabardast va o`z ishining ustasi ekanligi tasvirlangan.
Bobur ijodi rassomning eng sevgan mavzusidir. “Yarador Boburning O`shga qaytishi’, “Ahmad Tanbal bilan Xonzodabegim jangi” kabi asarlari Andijondagi Bobur uy-muzeyida saqlanib kelmoqda. Rassomning 7ta asari muzey kollektsiyalaridan joy olgan.
Rassom tabiatni juda sevadi. Uning “Navoiy ko`chasi” asarida bahor fasli tasvirlangan. “Pomir tog`lari”, “Badaxshon qizlari” ishida Aleksandr Makedonskiy avlodlari aks etgan. Atlas ko`ylak, do`ppilar kiygan, ko`zlari ko`m – ko`k qizlar olis o`tmishni eslatadi.

Ko`rgazma joriy yilning 18 iyunigacha davom etadi.

⭕️Kirish bepul.

📌Manzil: Yusuf Xos Xojib ko'chasi, 37 "A".

🌍 Website (http://caravanserai.uz/index.php) 💬 Facebook (https://www.facebook.com/CaravanseraiOfCulture) ✅ Telegram (https://t.me/IkuoHirayamaCaravanSerai)

******************************************************

9 июня 2025 года в 16:00 в большом выставочном зале Международного караван-сарая культуры Икуо Хираямы Академии Художеств Узбекистана состоялась церемония открытия персональной выставки художника Хасана Саидова под названием «Остался Андижан мой…».
Хасан Саидов родился 8 сентября 1948 года в городе Ош (Республика Кыргызстан).
Окончив Республиканское художественное училище им. П. П. Бенькова, поступил в Ташкентский театрально-художественный институт им. А. Н. Островского (ныне Государственный институт искусств им. М. Уйгура).
В 1974 году, после окончания института, был направлен в Творческую мастерскую города Андижана.
С 1978 года член Творческого союза художников Узбекистана.
Член Клуба художников мира «Меридиан Арт» (Мальта).
В 1993 году Хасан Саидов стал лауреатом премии “Бобур” за серию работ, посвященных юности Захириддина Мухаммада Бабура.
Принимал активное участие во всесоюзных выставках в Москве, в групповых художественных выставках в Андижанской области, так же им было проведено большое количество персональных выставок.
Семь работ художника, в том числе “Возвращение раненого Бабура в Ош” и “Битва Ахмада Танбала и Ханзодыбегим”, находятся в фондах Дома-музея Бабура в Андижане.
В экспозиции выставки, открывшейся сегодня в стенах МКСК, представлено более 50 работ автора, выполненных в жанре пейзажа, портрета, а также в историческом жанре.
Портретный жанр занимает одно из ключевых мест в творчестве художника, он активно использует портрет для запечатления характеров и облика своих современников.

Выставка продлится до 18 июня 2025 года.

Вход свободный.

📌Адрес: г. Ташкент, ул. Юсуф Хос Ходжиба, 37 "А".

🌍 Website (http://caravanserai.uz/index.php) 💬 Facebook (https://www.facebook.com/CaravanseraiOfCulture) ✅ Telegram (https://t.me/IkuoHirayamaCaravanSerai)
Просмотров 437    Рейтинг 11   Добавить комментарий  (0)

фото

фото

фото

фото

фото