2025 yilning 4 aprel kuni soat 16:00da O`zbekiston Badiiy akademiyasi Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyida andijonlik rassom Xasan Teshaboyevning “Ranglar xarakati” nomli shaxsiy ko`rgazmasining ochilishi bo`lib o`tdi.
Ko`rgazmada rassomning 40dan ortiq rangtasvir ishlari namoyish qilindi.
Hasan Teshaboyev – 1960 yilda Andijon shahrida tug`ilgan.
1979 yil – P. Benkov nomidagi Respublika badiiy bilim yurtini tamomlagan.
1988 yil - V. Muxina nomidagi Leningrad Davlat badiiy bilim yurtini tamomlagan.
Mustaqillik va erkinlik - bu rassomning ishlarini tavsiflovchi so'zlar. O'zining kuchli ilmiy darajasiga qaramay, uning ijodi akademik doiralar bilan cheklanmaydi. Chegaralardan erkinlik tushunchalar yoki qabul qilingan qoidalarga qaytmasdan ishlash imkonini beradi.
Rassom ijodi bosqalardan ajralib turadi. U juda ko`p asarlarini nomlamaydi. Buni tomoshabinning o`ziga qoldiradi. Ranglar harakati shunchalar cheksizki, bir qarasangiz, boshqasini ko`rasiz, yana bir qarashda esa yangi shakl va mavzular cho`lg`anib ketadi.
Rassom qahramonlari har faslda turfa shakl va mazmunda jonlanuvchi daraxtlar, butalar va gullar olamidan iborat. Bu olamdagi tabiat qonuniyatlari hayot qonuniyatlarining ramziy timsolida namoyon bo‘ladi.
Tasvirlardagi yolg‘iz daraxt – bu rassomning o‘zi: qizg‘ish- qoramtir tanasi uning dardli oyoqlari; zamin yuzasi uzra bo‘rtib chiqqan baquvvat ildizlar- u yashab turgan zamin boqiyligi; issiq va sovuq ranglar uyg‘unligidagi shoxlar, yaprog‘u gullar o‘yini bilan ifodalangan ruhiyatlarda uning bardoshli hasta vujudi, azob berayotgan tana a’zolari va go‘zal qalb o‘ylari, bir lahzada o‘zgarib turuvchi xayolot olami, ruhiyati, fikrlar ummoni, quvonchu - tashvishlari, xursandchilik lahzalari, umid-orzulari...
Rassom - daraxtning tabiat-daraxtdan farqi shundaki,u ma’lum qonuniyat asosida faqat bahorda gullab kuzda hosil beradi, bu daraxt esa hech qanday qonuniyatlarga bo‘ysunmaydigan go‘zal qalb qonunining quli, qishin-yozin, yilning to‘rt faslida gullayveradi va hosil beraveradi.
Shuningdek, tasvirlardagi aylanma xarakat-aylanayotgan charx, falak, hayot boqiyligi; shamol-o‘tkinchi davr, vaqt; qora dog‘lar va qora quyosh -dunyo ko‘ziga qorong‘u bo‘lgan hayot - mamot lahzalari ramzidir.
Bu ko‘rgazma ko‘p ko‘rgazmalar kabi ma’lum bir tavallud sanalari yohud boshqa tadbirlarga bag‘ishlangan hisobot ko‘rgazmasi emas. Bu ko‘rgazma xastalik davrida to‘shakka zanjirband qilingan va o‘z iborasi bilan aytganda har bir asarni “Bugun hayotimning so‘ngi kunini yashayabman, bu mening so‘ngi asarim bo‘lishi mumkin” degan ichki qalb tuyg‘usi bilan ishlangan asarlar ko‘rgazmasi ekanligi bilan farq qiladi. Chunki bu ko‘rgazma go‘zallik quli, san’atga chin oshiq qalbning xastalik muolajalari davomida bir muddatli oromdan so‘ng o‘tirish imkonyati ham bo‘lmagan onlarda yonboshlagan holda mato satxiga qo‘yilgan dardli ranglar mahsuli sifatida dunyoga yuz tutdi.
Ishtirok etgan ko'rgazmalari:
- "50 yil bosma grafik ustaxonalari", A.L.Stieglits nomidagi Sankt-Peterburg rassomlik akademiyasi, 2007
- "Jismoniy tarbiya va sport", Sankt-Peterburg
- Rassomlar uyushmasi ko'rgazma markazi, 2018
- "Yoz", Sankt-Peterburg san'atkorlari uyushmasi -2020
- Oʻzbekiston Respublikasi Rassomlar uyushmasi koʻrgazma markazi Fargʻona, 2023
Rassom asarlari Rossiya, Isroil, Vengriya, Oʻzbekistondagi shaxsiy kolleksiyalarda saqlanadi.
Ko`rgazma joriy yilning 13 apreligacha davom etadi.
Kirish bepul.
📌Manzil: Yusuf Xos Xojib ko'chasi, 37 "A".
🌍 Website (http://caravanserai.uz/index.php) 💬 Facebook (https://www.facebook.com/CaravanseraiOfCulture) ✅ Telegram (https://t.me/IkuoHirayamaCaravanSerai)
*************************************
4 апреля 2025 года в 16:00 в большом выставочном зале Международного караван-сарая культуры Икуо Хираямы Академии Художеств Узбекистана состоялась церемония открытия выставки художника Хасана Тешабоева под названием “Игра красок”.
Хасан Тешабоев родился в 1960 году в Узбекистане, в городе Андижан.
В 1979 году окончил Республиканское художественное училище им. П. П. Бенькова.
В 1988 году окончил Ленинградское высшее художественно-промышленное училище им. В. И. Мухиной (ныне Санкт-Петербургская государственная художественно-промышленная академия им. А. Л. Штиглица).
Независимость и свобода - определяющие слова для описания творчества художника. Несмотря на сильную академическую школу, в творчестве не ограничивается академическими рамками. Свобода от рамок, позволяет работать, не оглядываясь на концепции или на принятые правила. Основным художественным медиумом является живопись.
Некоторые выставки, в которых принимал участие:
- “50 лет печатным графическим мастерским”, СПбХПА имени А.Л.Штиглица, 2007 г.
- “Физкультура и спорт”, выставочный центр СХ СПБ, 2018 г.
- “Лето”, выставочный центр СХ СПБ, 2020 г.
- “Go‘zallik kuiuychilari” выставочный центр СХ РУ Фергана, 2023 г.
Работы художника хранятся в частных коллекциях в России, Израиле, Венгрии, Узбекистане.
В экспозиции выставки представлено около 40 работ автора.
Выставка продлится по 13 апреля 2025 года.
Вход свободный.
📌Адрес: г. Ташкент, ул. Юсуф Хос Ходжиба, 37 "А".
🌍 Website (http://caravanserai.uz/index.php) 💬 Facebook (https://www.facebook.com/CaravanseraiOfCulture) ✅ Telegram (https://t.me/IkuoHirayamaCaravanSerai)