Все новости
“Bahor ilhomlari” nomli ko‘rgazma
19.04.2023
“Bahor ilhomlari” nomli ko‘rgazma
имя


комментарий


Joriy yilning 19 aprel kuni soat 16:00da O`zbekiston Badiiy akademiyasi Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyining kichik ko’rgazmalar zalida an`anaviy Xalqaro Tasviriy va amaliy san`at festivali doirasida Toshkent arxitektura-qurilish universitetining “Tasviriy san’at” kafedrasi talabalarining “Bahor ilhomlari” nomli ko‘rgazmasining ochilish marosimi bo’lib o’tdi.
Barcha davrlarda arxitektura va tasviriy san’at ham ijodiy-intelektual, ham amaliy-estetik soha sifatida bir-birini to‘ldirib kelgan. Zero, tasviriy san’atdan mukammal bilim va amaliy malakaga ega bo‘lmay turib mukammal me’morlik kompozitsiyalarini yaratib bo‘lmaydi. Shu ma’noda Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Arxitektura fakulteti “Tasviriy san’at” kafedrasida ham talabalarda bevosita kasbga oid bilimlari bilan bir qatorda tasviriy va amaliy san’atning turlari va janrlari bo‘yicha ijodiy izlanishlarini rag‘batlantirib borishga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Mana shunday e’tibor samarasi sifatida talabalarning ijodiy ishlarini san’at ixlosmandlariga taqdim qilib borilishi ularning ijodiy izlanishlarini rag‘batlantirish omili sifatida qaralmoqda. Mazkur ko‘rgazmaga qo‘yilgan ishlar talabalar, bo‘lajak arxitektorlarning mustaqil ijodlari namunalaridir.
Ustoz-shogird an’analari kafedrada pedagogik faoliyat olib borgan taniqli rassomlar – O‘zbekiston xalq rassomi Chingiz Ahmarov, Safo Muhamedov, O‘zBA akademiklari Baxtiyor Boboev, Alisher Mirzaev, Shahnoza Mo‘minova, Marina Borodina, taniqli rassomlar Vahob Ziyaev, To‘xtabek Soibov, Anatoliy Slugin, Zayniddin Faxriddinov kabi rassom-pedagoglardan qolgan meros bo‘lib, kafedraning bugungi jamoasi bu badiiy maktab an’analarini munosib davom ettirgan holda iqtidorli talabalar bilan maqsadli ishlarni amalga oshirib kelmoqda.
Talabalarning ko‘rgazmadan o‘rin olgan ishlarining e’tiborli jihati shundaki, ularning ijodida milliylik, tarixiy qadriyatlar bilan zamonaviy ijodiy izlanishlarning sintetik tatbiqni ko‘rish mumkin.
O‘ziga xos ijodiy individuallikni Saidova Farangizning ishlarida ham ko‘rish mumkin. Ayniqsa, uning imitatsiya janridagi ishlarida interer bilan sintezlashgan variantdagi kompozitsiyalari iqtidorli arxitektor bilan bir qatorda rangtasvirchi rassom voyaga yetayotganligidan dalolat beradi.
Ko‘rgazmaga qo‘yilgan ishlar turli janrlarga mansubligi, qo‘llanilgan texnikalarning turli-tumanligi tufayli har xillik kasb etishi bilan ham talabalarning iqtidorlari turlicha yo‘nalishlarda takomillashib borayotganligini anglatadi. Shu bois ko‘rgazmada turli texnikalarda bajarilgan ishlarga ham alohida e’tibor qaratilgan. Jumladan, Qo‘chqorov S., Usmonov S., Salijonov S., Muxiddinxonov J., Mavlyanova O., Alimuxamedova S., Xamroeva G., Xudoyqulova B., Nodirxonova X., Abdugaffarova Z., Abdugaffarova F., Xasanov R. kabi talabalarning ishlarida tasviriy san’atning ifodaviy vositalaridan samarali foydalanilgan.
Arxitektura sintetik san’at turi. Shuning uchun ham kafedrada talabalarning ijodkorlik kompetensiyalarini turli yo‘nalishlarda rivojlantirishga katta e’tibor qaratib kelinmoqda. Bu e’tiborning samarasi o‘laroq talabalar qalamtasvir, rangtasvir, haykaltaroshlikdan tashqari kulolchilik byumlarini badiiy bezash sohasida ham o‘z iqtidorlarini namoyish etib kelmoqdalar. Talabalarda ijodkorlik kompetensiyalarni rivojlantirish yo‘lida kafedra qalamtasvir, rangtasvir va haykaltaroshlik fanlaridan berayotgan saboqlari alohida e’tirofga loyiq.

🌍 Website (http://caravanserai.uz/index.php) 💬 Facebook (https://www.facebook.com/CaravanseraiOfCulture) ✅ Telegram (https://t.me/IkuoHirayamaCaravanSerai)
Просмотров 254    Рейтинг 44   Понравилась новость?    +1   -1    Добавить комментарий  (0)

фото

фото

фото

фото

фото

фото

фото