Все новости
Mo‘yqalam sehri
30.09.2015
Mo‘yqalam sehri
имя


комментарий


O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Xalqaro madaniyat karvon saroyida Keksalarni e’zozlash yili hamda 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan “Mo‘yqalam sehri” deb nomlangan badiiy ko‘rgazma ochildi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi A.Nuriddinov va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida navqiron avlodni barkamol shaxs etib voyaga yetkazish borasidagi ezgu sa’y-harakatlar jarayonida badiiy ta’limni izchil rivojlantirish, uni sifat va mazmun jihatdan yanada yuksaltirish, o‘qituvchilarning mehnatini qo‘llab-quvvatlashga ustuvor ahamiyat qaratilayotganini ta’kidladi.

Badiiy ta’limni davr ruhiga hamohang ravnaq toptirish va takomillashtirishga Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining tasviriy san’at fakulteti o‘qituvchilari ham munosib hissa qo‘shib kelmoqda. Ushbu oliy o‘quv yurtida faoliyat ko‘rsatayotgan rassom-pedagoglar talabalarga musavvirlikning turli yo‘nalishlari bo‘yicha saboq berish bilan birga tasviriy san’at ta’limiga oid darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, uslubiy adabiyotlar yaratishda faol ishtirok etmoqda. Ustoz-rassomlar respublika va ko‘plab xalqaro miqyosdagi badiiy ko‘rgazmalarda muvaffaqiyatli qatnashmoqda.

– Yurtimizda pedagoglarning samarali faoliyat ko‘rsatishi, o‘z ustida ishlashi, izlanishi uchun zarur sharoitlar qanchalik ko‘p yaratilgan bo‘lsa, ijodkor musavvirlarning ham ilhom bilan ishlashi uchun barcha imkoniyatlar mavjud, – deydi o‘qituvchi Fazliddin Berdiyev. – Ushbu ko‘rgazmada menga nafis san’at sirlarini o‘rgatgan ustozlarimning siymosi aks ettirilgan turkum portretlar bilan ishtirok etmoqdaman.

Ko‘rgazmada Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida uzoq yillar mehnat qilgan faxriy o‘qituvchilar, bugungi kunda talabalarga saboq berayotgan yosh pedagoglarning ijod namunalari qo‘yilgan.

G‘afur Abdurahmonov, Nodira Oripova, Ruslan Xalilov, Hayitboy Sultonov, Nozimxo‘ja Abdusalomov, Yanis Salpinkidi, Bahrom Tojiyev kabi ko‘plab pedagog-rassomlarning 80 dan ortiq kartinasi shular jumlasidandir. Ko‘rgazma ekspozitsiyasidan o‘rin olgan asarlar shu tabarruk zamindan faxrlanish, uning tinch va osoyishta kunlarini, istiqlolning saodatli ne’matlarini asrab-avaylash, yorug‘, baxtiyor va farovon kunlarimiz uchun shukronalik, keksalarni e’zozlash, barkamol avlodga ko‘rsatilayotgan mehr va e’tiborga chorlashi bilan ahamiyatlidir.

Nazokat Usmonova, Sarvar O'rmonov (surat), O‘zA

30.09.2015. 16:59| Madaniyat

3 фото смотрите по ссылке на источник:
http://uza.uz/uz/culture/mo-yqalam-sehri--30-09-2015
Просмотров 664    Рейтинг 22   Понравилась новость?    +1   -1    Добавить комментарий  (0)

фото