Все новости
Maftunkor va sehrli diyor
10.07.2015
Maftunkor va sehrli diyor
имя


комментарий


Jonajon O‘zbekistonimizning o‘xshashi yo‘q tabiat manzaralari, Samarqand, Buxoro, Xivadagi asrlarga tengdosh obidalar, Baxmalning oppoq tongi, Parkent bog‘lari, Surxondaryoning tog‘li hududidagi qishloq, sharqiragan Ugam daryosi, fayzli hovli joylar... Bularning baridan O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Xalqaro madaniyat karvon saroyida boshlangan “Sehrli diyor” mavzusidagi ko‘rgazmada bahra olish mumkin.

Keksalarni e’zozlash yiliga bag‘ishlab tashkil etilgan mazkur ko‘rgazmada mohir musavvir Isfandiyor Haydarovning asarlari tasviriy san’at ixlosmandlari e’tiboriga havola etilgan.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi A.Nuriddinov, adabiyotshunos olim Sh.Rizayev va boshqalar ijod ahlining erkin va samarali mehnat qilishi uchun zarur barcha sharoit va imkoniyatlarni yaratish, ularni yangi-yangi marralar sari ruhlantirish Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida milliy tasviriy san’atni ravnaq toptirish borasida amalga oshirilayotgan ezgu sa’y-harakatlarda alohida o‘rin egallashini ta’kidladi.

“Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturida yoshi ulug‘ ijodkorlarning faoliyatini keng targ‘ib etish, yoshlarni katta avlod vakillariga hurmat va ehtirom, mehnatsevarlik ruhida kamol toptirish masalasi muhim vazifa sifatida belgilangan.

Ijodkorlarga ko‘rsatilayotgan betimsol g‘amxo‘rliklar barcha mo‘yqalam sohiblari kabi I.Haydarov faoliyatida ham o‘z ifodasini topmoqda.

Ibratli milliy an’ana va qadriyatlarimizga, ona-tabiatga, jonajon diyorimizga hurmat va ehtirom, hayotda uchraydigan har bir yorqin detalni bee’tibor qoldirmaslik, obod, fayzli, tinch va osoyishta hayotimizni rangin bo‘yoqlarda ifodalash I.Haydarov ijodida asosiy o‘rin egallaydi.

Ijodkorning yurtimiz betakror manzaralarini aks ettirgan kartinalari diyorimizning turli go‘shalaridagi muzey va galereyalar bilan birgalikda Avstraliya, Avstriya, AQSh, Vengriya, Germaniya, Niderlandiya, Norvegiya, Shvetsiya, Fransiya, Italiya, Isroil, Yangi Zelandiya, Yaponiya va boshqa xorijiy davlatlardagi muzey va shaxsiy to‘plamlarda saqlanmoqda.

“Sehrli diyor” deb nomlangan ushbu badiiy ko‘rgazmada tinch va osuda hayotimizga shukronalar aytish, jonajon Vatanimizdan faxrlanishga, istiqlol ne’matlari, farovon kunlarimizni, so‘lim tabiatini ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylashga, yoshi ulug‘ insonlarning qadriga yetishga chorlovchi ellikdan ortiq tasviriy asar tomoshabinlar e’tiboriga havola etilgan.

Nazokat Usmonova, O‘zA

10.07.2015 20:20

http://uza.uz/uz/culture/maftunkor-va-sehrli-diyor--10-07-2015
Просмотров 652    Рейтинг -1   Понравилась новость?    +1   -1    Добавить комментарий  (0)

фото