Все новости
ПРЕСС-РЕЛИЗ. Персональная выставка Севары Касимовой в МКСК
24.06.2015
ПРЕСС-РЕЛИЗ. Персональная выставка Севары Касимовой в МКСК
имя


комментарий


C 25 июня по 4 июля 2015 года в Международном караван-сарае культуры (МКСК) Икуо Хираямы Академии Художеств Узбекистана (АХУз) проходит Персональная выставка молодой художницы Севары Касимовой, посвященная Году внимания и заботы о старшем поколении.

На вернисаже, посвященном «Году внимания и заботы о старшем поколении» будут представлены несколько десятков, прекрасно выполненных в реалистичной манере автопортрет и портреты ее бабушки, родителей, сокурсников, коллег и др., живописные пейзажи – горные, сельские, городские и натюрморты.

Приглашаются представители СМИ, ТВ, радио, блогеры и все поклонники прекрасного с детьми.

Справки по телефонам: 256-35-56, 252-30-88, 252-74-73

http://art-academy.uz/
http://caravanserai.uz/

Наша справка:

Касимова Севара родилась 7 апреля 1991 года в Гулистане, Сырдарьинской области Узбекистана.

Севара увлекалась и интересовалась искусством с детства.

Она лауреат и призер многих конкурсов, творческих состязаний и выставок.

Она выпускница бакалавратуры Национального института художеств и дизайна им.К.Бехзода и с 2014 года магистрант этого ВУЗА.

По признанию Севары неоценимую помощь в профессиональном росте и самосовершенствовании оказали ее учителя-наставники, о которых она вспоминает с большой любовью.
Среди них преподаватель детской школы музыки и искусств Улугбек Маматкулов, Республиканского художественного колледжа Аминов и
Национального института художеств и дизайна им.К.Бехзода Тошмуродов, а также очень интересные семинары Джурата Рахмонова и Акмаля Нуридинова.

«Особое место в ее творчестве занимают реалистические портреты известных художников и иллюстрации к классическим произведениям Кастанеды. В них она пытается продолжить традиции живописи известных мастеров кисти Шамсирой Гасановой, Рахима Ахмедова и других» - пишет о ее способностях профессор A.Мадраимов





Sevaraningsehrliolami.

NozikkinaSevaradastgohiyonidaturlibo’yoqlarvositasidao’ziningsehrlisan’atolaminiyaratishniyoqtiradi. Uasosanyorqinranglar, kutilmagankompozitsionyechimhamdaqahramonningengxarakterlixususiyatlariniilg’abolib, nozikchiziqlarvajozibadorranglaruyg’unligidaalohidayangisehrliolamniijodetadi. Uningengmuvaffaqiyatlichiqqanasarlarihamdatirishqoqligi, mexnatsevarligio’zmaqsadisaridoimiyintilishiijodiymuvaffaqiyatlarkeltirishishubhasiz.
Kasimova Sevara Vahobjonovna 1991-yil 7- aprelda Sirdaryo viloyati Guliston shahrida tug’ilgan. Sevara bolaligidan rasm chizishga qiziqar edi. O’qish davomida ko’plab tanlov va ko’riklarda ishtirok etib, sovrinli o’rinlarni egallagan.
2007 –yil Respublika rassomlik kollejining rangtasvir yo’nalishiga o’qishga kirdi va o’qish mobaynida “Kelajak ovozi”,”Nafosat bostonim-manim” ko’rik –tanlovlarida g’olib bolgan. 2010-yil Kamolliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutiga davlat granti asosida o’qishga kirdi va imtiyozli diplom bilan muvaffaqiyatli tamomladi. Hozirda Kamolliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti magistranti. O’qish davri mobaynida ko’plab ko’rgazmalarda o’z ijodiy asarlari bilan ishtirok etib kelmoqda.
Albatta, yosh musavvirning ijod yo’lida kamolotga erishishida uning ustozlari mehnati ham bebaho Sevara barcha ustozlarini cheksiz mehr bilan yodga olarkan, ular orasida “Xamza” nomli bolalar musiqa va san’at maktabi o’qituvchisi Ulug’bek Mamatqulov,Respublika rassomlik kolleji o’qituvchisi Husan Aminov, Kamolliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institut o’qituvchilari Muhammadiyor Toshmurodov,Jur’at Rahmonov va Akmal Ikromjonovdan mahorat sirlarini o’rganmoqda.
Yosh rassom S.Kasimova asarlarida o’ziga yaqin Feruza opa, Vahobjon aka,Mavluda buvi va boshqalarni yorqin portretlarini tasvirlashni yoqtiradi. Umuman uning asarlarida mumtoz realistik portretchi rassomlar Abdulxaq Abdullaev, Shamsiroy Xasanova, Rahim Axmedov va boshqalar an’analarini davom ettirishga harakat qilmoqda. Bu fahrli va zaxmattalab ijod yo’lida Sevaraga omad tilaymiz.
Professor A.Madraimov

Qatnashgan ko’rik-tanlov va ko’rgazmalari
1. 2005-yil Bolalar musiqa va san’at maktablariaro o’tkazilgan viloyat bolalar festivalida 1-o’ringa ega bo’lganligi uchun FAHRIY YORLIQ bilan taqdirlangan.
2. 2006-yil Navro’z bayramiga bag’ishlangan “ O’lkamda bahor” ko’rgazma qatnashchisi.
3. “Ona vatanim mening tasavvurimda“ mavzusida o’tkazilgan rasmlar ko’rik-tanlovida FAHRIY YORLIQ bilan taqdirlangan.
3. Tasviriy san’at haftaligi +5 2007-yil SERTIFIKATI bilan taqdirlangan.
4. “Kelajak ovozi” Respublika yoshlar tanlovining Sirdaryo viloyat bosqichi Tasviriy va amaliy san’at nominatsiyasi g’olibi DIPLOM bilan taqdirlangan.
5. “Kelajak ovozi” Respublika yoshlar tanlovining Respublika bosqichi Tasviriy va amaliy san’at nominatsiyasi g’olibi DIPLOM bilan taqdirlangan
6. 2007-2008 o’quv yilida o’tkazilgan“Kelajak ovozi” Respublika yoshlar ko’rik-tanlovida 1-o’rinni egallagani va o’qishdagi erishayotgan muvaffaqiyatlari uchun FAHRIY YORLIQ bilan taqdirlangan.
7. Tasviriy san’at haftaligi 2008-yil SERTIFIKATI bilan taqdirlangan.
8. O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 17 yilligi munosabati bilan Sirdaryo viloyatida o’tkazilgan “ Eng ulug’, eng aziz” ko’rik-tanlovining 2-darajali DIPLOMI bilan taqdirlangan.
9. “ Nafosat bostonim manim” ko’rik- festivalining viloyat bosqichida fahrli 1-o’rinni egallagani va yuksak ijro mahorati uchun FAHRIY YORLIQ bilan taqdirlangan.
10. O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 18 yilligi munosabati bilan Sirdaryo viloyatida o’tkazilgan “ Eng ulug’, eng aziz” ko’rik-tanlovining 1-darajali DIPLOMI bilan taqdirlangan.
11. “Ozarbayjon haqida nima bilasiz ?” mavzusidagi rasmlar tanlovida fahrli 2-o’rinni egallagani uchun DIPLOM bilan taqdirlangan.
12. Otajon Xudoyshukurov xotirasiga bag’ishlangan “ Nafosat bostonim manim” xonandalarning 4-respublika tanlov doirasida o’tkazilgan YOSH RASSOMLAR nominatsiyasi bo’yicha 1-o’rinni egallaganligi uchun DIPLOM bilan taqdirlangan.
13. Tasviriy va amaliy san’at hamda dizayn yo’nalishidagi o’rta maxsus ta’lim muassasalari bitiruvchi ijodkor yoshlari Respublika ko’rik-tanlovining 2-darajali DIPLOMI bilan taqdirlangan.
14. Tasviriy san’at haftaligi +5 2010-yil SERTIFIKATI bilan taqdirlangan.
15. Tasviriy san’at haftaligi +5 2011-yil SERTIFIKATI bilan taqdirlangan.
16. Oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun ta’sis etilgan “KAMOLOT” stipendiyasining 2011-2012 o’quv yilidagi sovrindori bo’lgani munosabati bilan GUVOHNOMA bilan taqdirlangan.
17. Tasviriy san’at haftaligi +5 2012-yil SERTIFIKATI bilan taqdirlangan.
18. Tasviriy san’at haftaligi +5 2013-yil SERTIFIKATI bilan taqdirlangan.
19, “Bahorgi vernisaj” ko’rgazmasi ishtirokchisi.
20. “Navro’z-2013” ko’rgazmasida ijodiy ishlari bilan ishtirok etgan.
21. “Yurtimiz yoshlari” O’zbekiston yosh rassomlari ko’rgazmasida ishtiroki uchun SERTIFIKAT bilan taqdirlangan.
22. “Rassom va Tabiat” XXIX an’anaviy ko’rgazmasida ijodiy ishlari bilan ishtirok etgan.
23. San’at yoshlar nigohida ko’rgazmasida ijodiy ishlari bilan ishtirik etdi.
24. Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o’tkazilgan ko’rgazmada ijodiy ishlari bilan ishtirok etdi.
25. “Navro’z-2015” ko’rgazmasida ijodiy ishlari bilan ishtirok etgan.
26 . Tasviriy san’at va dizayn festivali -2015 festivali ko’rgazmasida ijodiy ishlari bilan ishtirok etgan.




Ilyustratsiyalar ro’yxati
1. Ayam portreti xolst, moybo’yoq 40x50sm 2011
2. Dugonam portreti karton,pastel 50x60sm 2015
3. Nozima portreti karton,pastel 65x90sm 2014
4. Farzona portreti karton,pastel 50x40sm 2011
5. Diana portreti karton,pastel 60x45sm 2012
6. Chimyon xolst, moybo’yoq 60x50sm 2012
7. Oltin kuz (etyud) xolst, moybo’yoq 40x50sm 2011
8. Etyud ko’cha xolst, moybo’yoq 60x50sm 2012
9. Toshkentda qish xolst, moybo’yoq 70x50sm 2013
10. Shahar manzarasi xolst, moybo’yoq 60x50sm 2012
11. Toshkent oqshomi xolst, moybo’yoq 60x90sm 2013
12. Dadam karton,pastel 80x80sm 2014
13. Diana karton,pastel,retush 55x40sm 2012
14. Abdulla karton,pastel 55x40sm 2012
15. Yosh rassom Nodir portreti karton,pastel 100x110sm 2015
16. Farzona karton,pastel 60x55 sm 2012
17. Portret karton,pastel 50x35 sm 2012
18. Bahor gullari xolst,moybo’yoq 100x80 sm 2009
19. Mavzuli natyurmort xolst,moybo’yoq 80x80 sm 2010
20. Yoz ne’mati xolst,moybo’yoq 60x70 sm 2010
21. Natyurmort xolst,moybo’yoq 60x50 sm 2009
22. Eski ko’cha xolst,moybo’yoq 40x50 sm 2011
23. Mahalla xolst,moybo’yoq 40x50 sm 2011
24. Eski ko’cha etyud xolst,moybo’yoq 40x50 sm 2011
25. Humsonda kuz xolst,moybo’yoq 80x80 sm 2012
26. Tog’da shom xolst,moybo’yoq 50x60 sm 2012
27. Humson dvp, moybo’yoq 50x60 sm 2012
28. Chimyon xolst,moybo’yoq 50x70 sm 2012
29. Kuz xolst,moybo’yoq 50x70 sm 2009
30. Jingl daraxti xolst,moybo’yoq 40x50 sm 2011
31. Ko’cha xolst,moybo’yoq 40x50 sm 2011
32. Zomin xolst,moybo’yoq 80x100 sm 2011
33. Sirdaryo etyud xolst,moybo’yoq 40x50 sm 2011
34. Daryo etyud xolst,moybo’yoq 40x50 sm 2011
35. Ayol portreti qog’oz,grafit 50x40 sm 2011
36. Zemfira portreti skarlupa,ko’mir,retush 70x50 2011
37. Iroda portreti xolst,moybo’yoq 80x60 sm 2013
38. Chevar xolst,moybo’yoq 90x60 sm 2013
39. Avtoportret karton ,pastel 55x70 2014
40. Muqovada ….”Buvim portreti” 80x60 sm 2014



T A R J I M A I H O L


Men ,Qosimova Sevara Vahobjonovna,1991 - yil 7-aprelda Guliston shahrida ziyoli oilada tug’ildim.Dadam –Qosimov Vahob Xojimurodivich –tadbirkor, onam – Qosimova Feruza Farruxovna – uy bekasi, opam – Rahmonova Aziza – Sirdaryo viloyat Guliston shahar Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab- internat kimyo fani o’qtuvchisi, singlim – Qosimova Xamida – Guliston Davlat Universiteti 1 – bosqich talabasi, singlim – Qosimova Nigina – Xoriji y tillarga ixtisoslashtirilgan maktab – internatning 8-sinfida o’qiydi.


1998-yildan 2002-yilgacha Guliston shahridagi “Usmon Yusupov”nomli 11-umumta’lim maktabida o’qidim. 2002-yildan 2007 – yilgacha Sirdaryo viloyati Guliston shahri Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab – internatda o’qidim.


2006 -2007 –yillar mobaynnida “Xamza” nomli bolalar musiqa va san’at maktabida badiiy ta’lim oldim.


Maktabda sinf gazetasi muharriri bo’ldim va a’lo baholarga o’qib , imtiyozli shahodatnoma bilan maktabni tamomladim. Maktab davridan boshlab turli ko’rik-tanlov, festivallarda faol ishtirok etdim. 2005- yil 1- iyunda “Bolalarni himoya qilish kuni” ga bag’ishlangan rasmlar ko’rik- tanlovida 3- o’rinni egallab, viloyat rasmlar galereyasi fahriy yorlig’i bilan taqdirlandim. 2006 – yil 6- aprelida Bolalar musiqa va san’at maktablari ara o’tkazilgan viloyat bolalar festivalida 1- o’rinni egallab, Sirdaryo viloyati Madaniyat va Sport ishlari boshqarmasi fahriy yorlig’i bilan , 2007- yil 20- aprelda “Ona vatanim mening tasavvurimda” mavzusida o’tkazilgan rasmlar ko’rik- tanlovida 1- o’rinni egallab, “Kamolot” Y.I.H Guliston shahar kengashi fahriy yorlig’i bilan , 2007 – yil 5- may kuni “Istiqbolli avlod” yoshlar axborot –ma’rifat markazi tashabbusi bilan “ Befarq bo’lmaylik” rasnlar ko’rik – tanlovida 2- o’rinni egallab, “Kamolot” Y.I.H Guliston shahar kengashi fahriy yorlig’i bilan, 2007 – yil 1- iyunda Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan rasmlar galereyasida o’tkazilgan asfaltda rasm chizish ko’rik –tanlovida 2- o’rinni egallab, “Kamolot “ Y.I.H fahriy yorlig’lari bilan taqdirlandim. 2007 – yil 21-25-aprelda O’zbekiston Badiiy Akademiyasining “ Tasviriy san’at haftaligi “ sertifikati bilan taqdirlandim . 2007 – yil sentabr oyida “Kelajak ovozi” ko’rik – tanlovida tasviriy va amaliy nominatsiyasi bo’yicha viloyat bosqichida


g’olib bo’ldim.


Maktabni tamomlagach, 2007 – yil Respublika rassomlik kollejining rang – tasvir bo’limiga o’qishga kirdim va shu yili “ Kelajak ovozi” ko’rik – tanlovining respublika bosqichida g’olib bo’ldim. 2008 – yil avgust oyida “Eng ulug’,eng aziz” ko’rik – tanlovida 2 – darajali diplom bilan taqdirlandim.


2009 – yildan o’qishimni Guliston san’at kollejida davom ettirdim. 2009- yil 6 – noyabrda Sirdaryo viloyat xalq ijodiyoti markazi tomonidan o’tkazilgan “Nafosat bo’stonim-manim” ko’rik – festivalida rassomchilik yo’nalishida fahrli 1- o’rinni oldim. Shu yili Sirdaryo viloyati matbuot va axborot boshqarmasi tashkillashtirgan O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 17- yilligiga bag’ishlangan “Eng ulug’, eng aziz “ ko’rik – tanlovida qatnashib 1 – darajali diplom bilan taqdirlandim . “ Kamolot” Y.I.H Markaziy kengashi tomonidan tashkil qilingan “Ozarbayjon haqida nima bilasiz ? ” mavzusidagi rasmlar tanlovida 2 – o’rinni egallab ,diplom bilan taqdirlandim . Shu yili O’zbekiston Respublikasi Madaniyat va Spor ishlar i vazirligi, “Kamolot” Y.I.H Qoraqalpog’iston Respublikasi kengashi , Ellikqal’a


tumani hokimligi tomonidan o’tkazilgan Otajon Xudoyshukurov xotirasiga bag’ishlangan 4 – respublika tanlovi doirasida o’tkazilgan “ Yosh rassomlar “ nominatsiyasi bo’yicha fahrli 1- o’rinni egalladim va diplom bilan taqdirlandim . 2010- yil “ Zulfiya” nomidagi Davlat mukofot i uchun o’tkazilgan ko’rik – tanlovining Respublika bosqichida qatnashib , laureat bo’ldim . 2010 – yil 25 –mayda Badiiy Akademiya tomonidan o’tkazilgan tanlovda 2 –o’rinni egalladim . 2010 –yil Guliston san’at kollejini tamomladim.


2010 –yil K.Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutiga Davlat granti asosida o’qishga kirdim . O’quv yili mobaynida har yili 21-25 –aprelda O’zbekiston Badiiy Akademiyasi , O’zbekiston Badiiy Ijodkorlar uyishnasi tomonidan o’tkazilgan Tasviriy san’at haftaligida sertifikatlari bilan taqdirlandim Oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun ta’sis etilgan “KAMOLOT” stipendiyasining 2011-2012 o’quv yilidagi sovrindori bo’ldim. . Ko’plab ko’rgazmalarda o’z asarlarim bilan ishtirok etdim. “Navro’z-2013” ko’rgazmasida ijodiy ishlarim bilan ishtirok etdim.2014-yil .Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutini imtiyozli diplom bilan tamomladim.


2014-yildan buyon .Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining magistratura bosqichida dastgohli rangrasvir yo’nalishida o’qishni davom ettiryapman.O’qish mobaynida ijodiy asarlarim bilan O’zbekston Badiiy Akademiyasi, O’zbekiston Ijodlorlar Uyishmasi tomonidan o’tkazilgan “Yurtimiz yoshlari” O’zbekiston yosh rassomlari ko’rgazmasida ishtirok etib, SERTIFIKAT bilan taqdirlandim, “Rassom va Tabiat” XXIX an’anaviy ko’rgazmasida ijodiy ishlari bilan ishtirok etdim.


Mening turar joyim : Toshkent shahar Uchtepa tumani 23 –kvartal , 30 – uy, 21 -xonadon .

Telefon: (+99890) 620-58-58
.
Просмотров 1784    Рейтинг 54   Понравилась новость?    +1   -1    Добавить комментарий  (0)

фото

фото