O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Xalqaro madaniyat karvon saroyida Sog‘lom bola yiliga bag‘ishlangan “Kuz bahori” deb nomlangan badiiy ko‘rgazma ochildi.
Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizda turli millat va elat vakillarining yagona oila farzandlaridek ahil istiqomat qilishi, ta’lim olishi, o‘z qiziqish va layoqati bo‘yicha kasb-hunar egallashi, ijodiy-intellektual salohiyatini yuzaga chiqarishi, mehnat qilishi uchun zarur barcha sharoit yaratilgan.
Ko‘rgazmada musavvir Yuriy Grebenyuk asarlari namoyish etilmoqda. Uning ijodida bir vaqtning o‘zida realizm hamda ekspressionizmdek kontrast uslublar o‘zaro qorishib ketgani yaqqol ko‘zga tashlanadi. Ona yurtimizning maftunkor tabiati, yilning turli fasllari, viqorli tog‘lar, ko‘m-ko‘k bog‘lar, dalalar, turfa rang gullarni aks ettirish ijodkor asarlarining asosiy mavzusini tashkil etadi.
– O‘zbekistondek tabarruk diyor farzandi ekanimdan faxrlanaman, – deydi Yu.Grebenyuk. – Jonajon Vatanimizning tabiati g‘oyat boy va betakror. Ona yurt manzaralarini tasvirlash orqali yoshlarda shu muqaddas zaminga muhabbat, undagi tinch-osoyishta, to‘kin va farovon hayotni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylashga chorlashni ijodkorlik burchim, deb bilaman.
Ko‘rgazmada saksonga yaqin kartina tomoshabinlar e’tiboriga havola etilgan.
N.Usmonova, Sarvar O'rmonov (surat), O‘zA
21.10.2014 19:05
Источник:
http://caravanserai.uz/allnews.php?id=1413777829