O‘sib kelayotgan yosh avlodni filateliyaga qiziqtirish va jalb etish, yangi syujetlar izlash, pochta markalari chop etilishiga jamoatchilik diqqatini jalb qilish maqsadida “O‘zbekiston pochtasi” OAJ, O‘zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi hamda O‘zbekiston badiiy Akademiyasi bilan hamkorlikda 2014 yil 15 yanvardan 15 martgacha “Dunyo – bolalar nigohida” maxsus pochta markalarini chop etish uchun “Mening orzuim” mavzusida bolalar ijodiy rasmlari respublika tanlovini o‘tkazdi.
Hay’at a’zolariga tanlovda qatnashgan 8 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan ishtirokchilar nomenatsiyasi bo‘yicha o‘zlari chizgan 1227 ta rasmlarni taqdim etdilar. Hakamlar tomonidan g‘oliblar aniqlandi.
G‘olib bo‘lgan bolalar chizgan rasmlar asosida “Mening orzuim” maxsus pochta markalari “O‘zbekiston pochtasi” OAJ tomonidan tayyorlandi va O‘zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi buyrug‘i bilan 2014 yil 30 maydan muomalaga kiritildi.
“Mening orzuim” (Kosmonavt) – 1 o‘rin, Suleymanov Sardor chizgan rasm, 8 yosh, Toshkent sh.
“Mening orzuim” (Quvnoq kamalak) – 2 o‘rin, Axmadova Kamila chizgan rasm, 9 yosh,Toshkent sh.
“Mening orzuim” (Do‘stlik) – 3 o‘rin, Fomicheva Valeriya chizgan rasm, 11 yosh,Toshkent sh.
Bolalar rasmi asosida chiqarilgan “Mening orzuim” maxsus pochta markalari xat va banderollarda dunyo bo‘ylab tarqaladi.
2 Iyun 2014. Muallif: Jurnal tahririyati
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar
Manba: http://uz.infocom.uz/2014/06/02/mening-orzuim-maxsus-pochta-markalarini-chiqarish-togrisida/